Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Qozog‘istonning eng muhim hamkori va ittifoqchisi, shuningdek, dunyoda birorta ham muammoni uning ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydigan davlatdir. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Egemen Qazaqstan nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

“Rossiya Qozog‘istonning asosiy hamkori va ittifoqchisidir. O‘tgan 30 yil davomida davlatlararo munosabatlar asoslari mustahkamlandi. Ikki davlat o‘rtasida 300 dan ortiq shartnoma va bitimlar imzolangan.

Sir emaski, butun dunyo Rossiyaning pozitsiyasini hisobga oladi. Dunyoda biron bir muammoni bu davlat ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi”, — dedi To‘qayev.

2024-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari Qozog‘istonga qanday taʼsir qilishi haqidagi savolga javob berar ekan, To‘qayev saylovlar AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda ham bo‘lib o‘tishini, Qozog‘iston hukumati ularni diqqat bilan kuzatib borishini taʼkidladi.

“Shubhasiz, Rossiyadagi prezidentlik saylovlari biz uchun juda muhim. Rossiya Qozog‘istonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkoridir. 2023-yilning 10 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 21,4 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi u va Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin “global iqlimga ham so‘z bilan, ham amalda ta’sir ko‘rsatuvchi” shaxs ekanini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »