Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu yil ba’zi xonandalar uchun juda omadli yil bo‘ldi: dunyo gastrollari, yuqori darajadagi relizlar va millionlab daromad. Quyida 2023-yilda qaysi mashhurlar samarali ijod qilgani haqida ma’lumot beramiz.

Teylor Svift

TIME talqini bo‘yicha yil odami, Billboard Music Awards mukofotining 10 karra sohibi, milliarder  — bularning barchasi Teylor Svift haqida. Bu yil xonanda muxlislar kutganidan ham ko‘p ish qildi. Xonandaning dunyo bo‘ylab sayohati — The Eras Tour gastrol konsertlari muxlislarini shu qadar hayajonga soldiki, ular yulduzning chiqishi uchun hamma narsaga tayyor edi.

Beyonse

Beyonse 2018-yildan buyon sahnaga chiqmagandi. Nihoyat 5 yildan so‘ng qirolicha B yakkaxon konserti bilan qaytdi. Yanvar oyida u Dubaydagi Atlantis The Royal mehmonxonasining ochilish marosimida chiqish qildi. Shundan so‘ng xonanda Renaissance albomini qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq kutilgan dunyo gastrollarini e’lon qildi. U 56 ta konsertni o‘z ichiga olgan va barcha shoularidan tushgan kassa tushumlari 579 million dollarni tashkil etgan.

Adel

Adelni nafaqat samarali yil bilan, balki shaxsiy hayotidagi muhim o‘zgarishlar bilan ham tabriklash mumkin. Xonanda yaqinda turmushga chiqqanini e’lon qildi. Biroq to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotganda ham Adel konsert shoulari ustida ishlashni to‘xtatmadi. Uning so‘nggi “30” albomi ko‘plab chartlarni portlatib yubordi.

Rianna

Rianna ham uzoq tanaffusdan keyin qaytishga qaror qildi. Joriy yilning fevral oyida xonanda Super Bowl musobaqasida xedlayner sifatida chiqish qildi. RiRining shousi atigi 13 daqiqa davom etdi. Shou davomida yulduzning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Yaqinda xorijiy OAV A$AP Rokkining 2024-yil uchun katta rejalari borligi haqida xabar tarqatdi. Riri yangi treklarni yozib, gastrol safariga chiqishni rejalashtirmoqda.

Billi Aylish

Billi Aylish uchun 2023-yil omadli yil bo‘ldi. Kuzda qo‘shiqchi o‘zining Bad Guy trekini yaxshi, ammo “dunyodagi eng ahmoqona’” qo‘shiq deb bilishini tan oldi. Bundan tashqari, mashhur “Barbi” filmi uchun What Was I Made For? qo‘shig‘i mualliflaridan biriga aylandi. Aylish yaqinda yana bir loyihasini e’lon qildi. To‘g‘ri, u musiqa bilan bog‘liq emas. Xonanda akasi Finneas O’Konnell bilan restoran ochmoqchi.

Dua Lipa

Dua Lipa uchun ham bu yil samarali bo‘ldi: yuqori darajadagi hamkorlik, uzoq kutilgan treklarni chiqarish va filmlarda suratga tushish. Britaniyalik qo‘shiqchining eng yorqin asarlaridan biri bu “Barbi” filmiga ishlangan Dance The Night saundtreki bo‘ldi. Xitlar to‘plamiga Elton Jon bilan dueti va Houdini lid-treki qo‘shildi. Aytgancha, so‘nggi qo‘shiq mashhurlarning yangi albomiga kiritiladi. Musiqadan tashqari, Lipa o‘zini filmda sinab ko‘rishga qaror qildi: u “Argayl: Superjosus” filmida o‘ynaydi.

Madonna

Bu yil nafaqat Teylor Svift va Beyonse keng ko‘lamli shoulari bilan chiqish qildi, balki oktyabr oyida Madonna ham o‘zining The Celebration Tour’dagi birinchi konsertini o‘tkazdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, gastrol safariga tayyorgarlik kamida bir yil davom etgan. Deyarli har kuni u xoreografiyani mashq qilgan, dizayner bilan liboslar yaratgan va treklar ro‘yxati ustida ishlagan.

Shakira

Shakira va Jerar Pikening ajrashishi juda ko‘p shov-shuvga sabab bo‘ldi. Aynan shu mavzu xonanda ijodiga yangi davr bag‘ishladi. Dastlab u Monotonia qo‘shig‘i va klipini chiqardi. Shundan so‘ng KAROL G Te Quedo Grande bilan hamkorlik qildi. Ammo eng mashhur bo‘lgani BZRP Music Session #53 loyihasi doirasida yozilgan trek bo‘ldi. Chiqarilganidan bir necha oy o‘tgach, reliz 14 ta jahon rekordini o‘rnatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »