Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

ISHID terrorchilik guruhi Eronning Kerman shahrida 3-yanvar kuni sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Getty Images

Terrorchilarning da’vo qilishicha, ularning ikki tarafdori olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan. Eron rasmiylarining yangilangan maʼlumotlariga ko‘ra, 84 kishi halok bo‘lgan, 284 kishi yaralangan. Oldinroq Eron rasmiylari taxminiy terror hujumida Isroilni ayblab, qasos olishga va’da bergan edi.

Terrorchilar hujumi general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yonida amalga oshirilgan. Eronlik jurnalistlar masofadan turib portlovchi qurilma ishga tushirilganini aytgandi, ISHID buni rad etgan. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy hujum ortida Isroil turgani, u bu orqali diqqatni G‘azodagi urushdan chalg‘itishni ko‘zlaganini bildirgandi.

ISHID da’vosi AQSH razvedkasi prognozlariga mos keldi. Avvalroq razvedka mazkur hujum “Islomiy davlat”ning ishi bo‘lishi mumkinligini ilgari surgandi. Eron Bosh prokuraturasi terakt bo‘yicha tergov boshlagan. Xomanaiy “dushmanlar bu falokatga qattiq javob olishlarini bilishi kerak”ligini ta’kidlagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »