Ilon Maskni tanqid qilgan SpaceX xodimlari ishdan olindi
Ilon Maskka tegishli raketa va sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyaning sakkiz nafar xodimi milliarderni tanqid qilganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
AQSH mehnat agentligi sakkiz nafar xodim SpaceX asoschisini “sharmandalik va chalg‘ituvchi faktor” deb yozgan maktubini tarqatgani uchun noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
“2022-yil iyun oyida SpaceX rahbarlariga yuborilgan maktub Maskning 2020-yildan beri yozgan bir qator tvitlariga qaratilgan bo‘lib, ularning aksariyati jinsiy xususiyatga ega. Xodimlar Maskning so‘zlari kompaniya siyosatiga to‘g‘ri kelmasligini aytgan va SpaceX’ni ularni qoralashga chaqirgan”.
Xodimlar maktub yuzasidan ishchilarga bosim o‘tkazib, so‘roq o‘tkazayotgan konsern rahbariyatidan ham shikoyat qilgan. Murojaatchilarga haqorat va ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishgan.
“SpaceX toksik madaniyatga ega bo‘lib, ayniqsa ayollarga nisbatan ta’qiblarga toqatli. Biz rahbariyatga ochiq maktubni yomon niyatda emas, balki missiya va atrofimizdagi odamlar haqida qayg‘urganimiz uchun yozdik”, — deydi ishdan bo‘shatilgan xodimlardan biri Debora Lourens.
Endi SpaceX ishdan bo‘shatilgan xodimlari bilan kelishuvga erisha olmasa, ma’muriy sud ishni 5-mart kuni ko‘rib chiqadi. Agar SpaceX qonunni buzganligi aniqlansa, kelgusida uni yanada qattiqroq jazo kutmoqda. Ishdan bo‘shatish mehnat qonunchiligini buzgani aniqlaganida, kompaniya xodimlar ishini qayta tiklashi va ish haqini qaytarishi mumkin.