Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 19-turida “Barselona” 4-yanvar, payshanba kuni “Las-Palmas”ga qarshi bahs olib bordi.

Kataloniyaliklar 11-daqiqada jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jamoa himoyachisi Joau Kanselu jarohat oldi va uning o‘rnini Kristensen egalladi. 12-daqiqada Munir hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim “Las-Palmas”ning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham “ko‘k-anorranglilar” hujumkorlikni to‘xtatmadi. 55-daqiqaga kelib, bu ish berdi. Ferran Torres hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxiri esa voqealarga boy bo‘ldi. Dastlab, hakam qo‘shib bergan ilk daqiqada Joau Feliks darvoza tomon zarba berdi, posbon esa uni qaytardi. Qaytgan to‘pga Ilkay Gundo‘g‘an yetib olganida, uni raqib himoyachisi turtib yubordi. Sinkgraven qizil kartochka oldi. Shu tariqa hakam o‘yin so‘ngida penalti belgiladi. 90+3-daqiqada Ilkayning o‘zi penaltini aniq amalga oshirib, “Barselona”ning g‘alabasini ta’minladi.


La Liga

19-tur bahsi

4-yanvar, payshanba

“Las-Palmas” – “Barselona” 1:2

Gollar: 1:0 – 12 Munir, 1:1 – 55 Ferran Torres, 1:2 – 90 Gundo‘g‘an.

“Las-Palmas”: Vales, Suares (Sinkgraven, 83), Koko, Marmol, Kardona, Xavi Munyos, Rodriges, Perrone, Moleyro (Luaodis, 68), Sandro Ramires (Pexino, 68), Munir (Kardona, 59).

“Barselona”: Penya, Joau Kanselu (Kristensen, 11), Kunde, Arauxo, Balde, Serji Roberto (Lopes, 78), Gundo‘g‘an, de Yong, Rafinya (Yamal, 72), Ferran Torres (Roke, 78), Levandovski (Joau Feliks, 72).

Ogohlantirishlar: Serji Roberto (20), Xavi (20), Suares (58), Koko (79), Yamal (81), Xavi Munyos (88), Kardona (89), Rodriges (90).

Chetlatish: Sinkgraven (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »