Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik taniqli xonanda Britni Spirs o‘zining Instagram sahifasida PageSix va US Sun nashrlarining britaniyalik qo‘shiqchi Charli XCX bilan yangi albom tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi va u hech qachon musiqa sanoatiga qaytmasligini aytdi.

Foto: AP

“Aniqroq bo‘lishi uchun, yangiliklarning aksariyati yolg‘ondir. Musiqani zavq va boshqalar uchun yozaman. Oxirgi ikki yil ichida boshqalar uchun 20 dan ortiq qo‘shiqlar yozdim. Men gostrayterman (boshqa birov uchun yozuvchi muallif) va bu menga juda ham yoqadi”, — deydi Spirs.

Shuningdek, xonanda 2023-yilning oktyabrida nashrdan chiqqan The Women In Me (“Mendagi ayol”) memuar kitobining ruxsatsiz chop etilgani haqidagi mish-mishlarga ham oydinlik kiritib ketdi va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Britni Spirsning posti chiqishidan oldin PageSix va US Sun nashrlari xonanda Charli XCX va amerikalik qo‘shiqchi Maykls Jullian bilan birgalikda o‘ninchi albomi ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »