Pokiston tashqi ishlar vaziri “Tolibon” rasmiysi bilan tinchlik va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
Pokiston tashqi ishlar vaziri Qandahorda “Tolibon” gubernatori Mulla Shirin bilan tinchlik, xavfsizlik va mintaqaviy savdo haqida suhbatlashdi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.
Pokiston TIV vazirlik rahbari Jalil Abbos Jiloniy Qandahordagi “Tolibon” gubernatori va harakatning harbiy razvedka va strategiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Shirin bilan uchrashganini, tinchlik, xavfsizlik va mintqaviy savdo hamkorlik masalalarini muhokama qilganini maʼlum qildi.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, Pokiston va “Tolibon” delegatsiyasi o‘zaro manfaatli muhim masalalar, jumladan, tinchlik va xavfsizlikni ham muhokama qilgan. Unda Pokiston tashqi ishlar vaziri Islomobod Afg‘oniston bilan o‘zaro hamkorlik va manfaatli ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish tarafdori ekanini ta’kidlagan.
Jiloniy, shuningdek, savdo va mintaqaviy aloqalar uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish masalalarini hal etish muhimligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Pokistondan minglab afg‘on muhojirlarining deportatsiya qilinishi va Pokiston toliblarining mamlakat harbiylariga qarshi bir necha halokatli hujumlaridan so‘ng “Tolibon” va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan edi.