Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyaning Bild gazetasi xabariga ko‘ra, Markaziy va Osiyo davlatlaridan ISHID tarafdorlari va a’zolari Ukrainadagi jangovar hudud orqali Germaniyaga tobora ko‘proq bormoqda. Nashrning yozishicha, ular ukrainalik qochqinlar niqobi ostida Germaniyaga kirmoqda.

Foto: Bild

Bild jurnalistlariga ko‘ra, aksariyat hollarda ISHIDning Pokiston, Eron, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan bo‘limi “Viloyati Xuroson” guruhiga aʼzo tojikistonliklar shu sxemadan foydalanib Germaniyaga keladi.

Ular soxta hujjatlardan foydalanadi hamda nemislarga qiynoqlar va ta’qiblar haqida uydirma hikoyalar aytib beradi, Germaniyada esa ukrainalik qochqinlarni deyarli hech qanday tekshiruvsiz qabul qilishadi.

“Mana bir necha oydirki, butun Yevropada jangovar shaylik holati hukm surmoqda... Birgina Germaniyaning o‘zida ishidchilar allaqachon uch marta dahshatli qon to‘kish uyushtirishga urindi – oxirgi marta Kyoln soborida”, — dedi Bild suhbatdoshlari.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »