Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 1-yanvar kuni Yaponiyada sodir bo‘lgan qator kuchli zilzilalar munosabati bilan Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi.

Foto: KCNA

Kim Chen In Fumio Kisidaga, shuningdek, zilzilada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga “samimiy hamdardlik” bildirdi hamda aholiga “barqaror hayot”ga qaytishni tiladi.

Bundan tashqari KXDR yetakchisi 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan halokatli portlashlar munosabati bilan Eron prezidenti Ibrohim Raisiyga ham hamdardlik bildirdi va Shimoliy Koreyaning “barcha turdagi terrorizmga qarshi turish” to‘g‘risidagi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.

Avvalroq Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 110 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Tabiiy ofatdan 516 kishi jarohatlangan. 222 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Erondagi terakt

Eronda 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligi xotirasiga bag‘ishlangan dafn marosimi chog‘ida portlashlar sodir bo‘ldi. Terakt Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida yuz bergan. Eron Bosh prokuraturasi Qosim Sulaymoniy qabri yonidagi terakt bo‘yicha tergov boshlagan. Mamlakat oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy hujumda Isroilni ayblagan va javob qaytarilishiga va’da bergan.

Keyinroq ISHID terrorchilik guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »