Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakatiga aloqador Al Mersaad nashri Kermandagi xudkush terrorchilar Tojikiston fuqarolari bo‘lishi mumkinligini da’vo qilib, Tojikiston razvedkasini ISHID bilan aloqadorlikda aybladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: AFP

Bayonotda Tojikiston ISHID jangarilarini ishlab chiqarishning yangi markazi sifatida mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlanadi. Al Mersaad Amerika, Yevropa, Turkiya va Rossiyada ISHIDga aloqador ko‘plab Tojikiston fuqarolari hibsga olinganiga urg‘u beradi.

“Tojikiston razvedkasi ISHID va Tojikiston razvedkasi o‘rtasida vositachi bo‘lib ishlagan Germaniyada yashovchi fuqarodan Tojikiston hukumatiga bosimni yumshatish uchun hujumlarda ishtirok etgan ISHIDga aloqador tojik fuqarolari nomini oshkor qilishni so‘ragan”, — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Eron Ichki ishlar vazirligi Kerman shahrida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar hibsga olinganini ma’lum qildi. Razvedka xizmatlari ushbu shaxslarning teraktga aloqadorligi haqida ma’lumot to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Erondagi terakt

Eronda 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligi xotirasiga bag‘ishlangan dafn marosimi chog‘ida portlashlar sodir bo‘ldi. Terakt Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida yuz bergan. Eron Bosh prokuraturasi Qosim Sulaymoniy qabri yonidagi terakt bo‘yicha tergov boshlagan. Mamlakat oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy hujumda Isroilni ayblagan va javob qaytarilishiga va’da bergan.

Eronlik jurnalistlar portlovchi qurilmalar masofadan turib boshqarilganini aytgan. Biroq hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID buni rad etgan. Terror tashkiloti ikki nafar xudkush terrorchi olomon ichida o‘zini portlatib yuborganini ma’lum qilgan. Eron rasmiylarining yangilangan maʼlumotlariga ko‘ra, 84 kishi halok bo‘lgan, 284 kishi yaralangan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »