Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy harbiy rahbarlarni har qanday holatda ham AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvning oldini olishga chaqirdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xomanaiyning fikricha, Eronning Kerman shahridagi terakt Isroilning jahon hamjamiyatini G‘azo sektoridagi urushdan chalg‘itishga qaratilgan kampaniyasining bir qismi bo‘lgan. 

“Bunga javoban, Oyatulloh Isroilga qarshi yashirin amaliyotlar va proksi kuchlarning Iroq va Suriyadagi Amerika bazalariga hujumlari bilan cheklanishni buyurdi”, — deydi nashr suhbatdoshlari. 

Ularga ko‘ra, Xomanaiy Eron qo‘mondonlariga “strategik tinchlikni” saqlab qolish va islomiy respublika AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilikka tushib qolmasligi uchun hamma narsani qilish zarurligini ta’kidlagan.

Erondagi terakt

Eronda 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligi xotirasiga bag‘ishlangan dafn marosimi chog‘ida portlashlar sodir bo‘ldi. Sulaymoniy 2020-yil 3-yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSHning raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan.

Terakt Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida yuz bergan. Eronlik jurnalistlar portlovchi qurilmalar masofadan turib boshqarilganini aytgan. Eron Bosh prokuraturasi Qosim Sulaymoniy qabri yonidagi terakt bo‘yicha tergov boshlagan.

Eronda 4-yanvar milliy motam kuni deb e’lon qilingan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, teraktda jarohatlanganlar soni 188 kishiga yetgan, 103 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida Qizil yarim Oyning uch nafar xodimi ham bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »