Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda 7-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

3-bosqichdayoq Angliyaning ikki grand jamoasi o‘zaro to‘qnash keldi. “Arsenal” va “Liverpul” keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash olib bordi.

Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. 80-daqiqaga kelib esa hisob ochildi. “Kanonirlar” futbolchisi Yakub Kiver o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yin oxirida esa Luis Dias gol urib, jamoasining ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olishini ta’minladi.

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Haddersfild”ni qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” safida Fil Foden dubl qayd etgan bo‘lsa, Xulian Alvares hamda Jeremi Dokular bittadan gol muallifiga aylandi. Yana bir gol esa mehmonlar futbolchi Ben Jekson hisobiga avtogol sifatida yozildi.


Angliya Kubogi

3-bosqich

7-yanvar, yakshanba

“Arsenal” – “Liverpul” 0:2

Gollar: 0:1 – 80 Kiver (avtogol), 0:2 — 90+5 Dias.

“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver, Jorjinyo (Nketia, 81), Edegor, Rays, Haverts, Nelson (Martinelli, 62), Saka.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, Kuansa, Gomes, Mak Allister (Gravenberx, 59), Jons (Klark, 75), Elliott (Bredli, 75), Dias, Gakpo (Diogu Jota, 59), Nunyes.

Ogohlantirishlar: Saliba (65), Elliott (70).

“Manchester Siti” – “Haddersfild” 5:0

Gollar: 1:0 – 33 Foden, 2:0 – 37 Alvares, 3:0 – 58 Jekson (avtogol), 4:0 – 65 Foden, 5:0 – 74 Doku.

“Manchester Siti”: Ortega, Akanji (Mateush Nunesh, 18), Ruben Diash, Gvardiol, Lyuis, Serxio Gomes, Kovachich (Rayt, 75), Grilish (Doku, 57), Foden (Xemilton, 76), Bobb, Alvares (de Bryuyne, 57).

“Haddersfild”: Nikols, Spenser, Lis, Gelik, Edmonds-Grin, Jekson, Uaylz (Iorpenda, 88), Rudoni, Tomas, Matos (Radulovich, 61), Koroma (Diarra, 81).

Ogohlantirishlar: Matos (13), Spenser (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »