Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi 12-yanvar kuni start oldi.

Musobaqada Son Hyon Min, Mehdi Taremi, Ali Mabhut va Vataru Endo kabi yulduz futbolchilar ishtirok etadi. Shuningdek, kelajagi porloq deya baholanayotgan o‘yinchilar ham bor. Osiyo Kubogida o‘z nomini tarixga yozish imkoniga ega bo‘lgan 5 nafar yosh futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz. 

Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston)

Abbosbek 2022-yilda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi finalchisi, shuningdek, U-20 Osiyo Kubogida terma jamoa bilan chempionga aylangan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgandi. 

19 yoshida O‘zbekiston terma jamoasida debyut qilgan Fayzullayev CAFA musobaqasi doirasida Tojikistonga qarshi bahsda (5:1) o‘zining birinchi golini urishga muvaffaq bo‘lgandi. 25-dekabr kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) terma jamoadagi ikkinchi golini urib, Srechko Katanesning ishongan futbolchilaridan biriga aylandi. 

Hozirda Abbosbek Rossiyaning “SSKA” klubida ham sermahsul o‘yin namoyish etmoqda. Birinchi davrada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assistni amalga oshirdi. 

Ali Jasim (Iroq)

Ali Jasim 2023/24-yilgi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida porladi. Yosh futbolchi guruh bosqichida 5 o‘yinda 4 ta golga mualliflik qildi. Ulardan 2 tasi turnirdagi debyutida “Sepaxon”ga qarshi bahsda kiritildi. 

Biroq, U-20 Osiyo Kubogi yulduzlaridan biri bo‘lgan Jasimning tez sur’atlarda o‘sishi ko‘pchilikni hayratda qoldirmadi. 
 
Oktyabrda terma jamoadagi debyutini o‘tkazgan 19 yoshli futbolchi va uning jamoasidan 2007-yilgi turnirdagi muvaffaqiyatni takrorlash kutilmoqda. 

Takefuso Kubo (Yaponiya)

2022-yilgi Jahon Chempionatida 90 daqiqa o‘ynagan 22 yoshli Kubo Yaponiya bilan birga zafar quchish uchun yana Qatarga qaytmoqda. Eslatib o‘tamiz, Yaponiya 2019-yilgi Osiyo Kubogi finalchisi hisoblanadi. 

2019-yilda terma jamoada debyut qilgan bo‘lishiga qaramasdan, Takefusoning doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi biroz vaqt talab qildi. 2022-yilda Yaponiya safidagi birinchi golini urgan bo‘lsa, 2023-yil iyunidan buyon ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozongan terma jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi. 

Kubo Ispaniyada ham yorqin o‘yin namoyish etmoqda. “Real Sosyedad” safida joriy mavsum chempionatda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘tgan mavsumda esa “Sosyedad”ni so‘nggi o‘n yilda ilk bor Chempionlar Ligasiga chiqishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilar qatoridan joy olgandi. 

 Li Kang-In (Janubiy Koreya)

Yozda “PSJ” safiga o‘tgan janubiy koreyalik futbolchi darhol Luis Enrikening sevimli o‘yinchilaridan biriga aylandi va parijliklar bilan birgalikda sovrinlar uchun kurashmoqda. 

Kilian Mbappe va Usmon Dembele kabi yulduzlar bilan birga to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchi Fransiyadagi debyut mavsumida allaqachon kubok sohibiga aylandi. “PSJ” Fransiya Superkubogida “Tuluza”ni 2:0 hisobida taslim etib, o‘z tarixida 12-marta ushbu sovringa ega chiqdi. 

Li, shuningdek, terma jamoa safida so‘nggi 4 ta xalqaro o‘yinda 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Arif Ayman (Malayziya)

Arif Ayman Malayziyaning yetakchi jamoalaridan biri “Johor Darul Ta’zim”da qoyilmaqom mavsumni o‘tkazdi. Ayman Malayziya Superligasida 12 ta golga mualliflik qildi, jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va OCHL guruh bosqichida ham 3 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Arif xalqaro maydonda ham shu ishni takrorladi — iyun oyida Malayziyaning Papua-Yangi Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (10-0) 4 ta golga mualliflik qildi. Noyabrda esa Qirg‘izistonga qarshi bahsda (4:3) 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »