Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Kapitan Marvel 2” filmi Marvel studiyasi tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz film deb topildi. IGN nashri maʼlumotlariga ko‘ra, 275 million dollar budjet sarflab, film kassasiga 205 million dollar daromad olib kelgan.

Foto: Marvel

Film AQSHda 84,5 million dollar ishladi. Bu 2008-yilda chiqarilgan va omadsiz deya tan olingan va AQSHda 138,8 million daromad olib kelgan “Aql bovar qilmaydigan Halk” filmidan ancha kam deganidir.

Dekabr oyida Disney “Kapitan Marvel” filmining davomi uchun mahalliy va dunyo bo‘ylab maʼlumotlarini chiqarishni to‘xtatdi.

Bundan oldingi Marvel tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz film “Chumoli odam va Ari: Kvantomaniya” hisoblangan. Film prokati davomida dunyo bo‘ylab, 476 million dollar, AQSHda esa 214 million dollardan ko‘proq daromad keltirgan.

“Kapitan Marvel 2” filmini DC studiyasi tomonidan suratga olingan “Yirtqich qushlar” filmi bilan taqqoslandi: “Yirtqich qushlar” filmi ham prokati davomida 205 million dollar daromad keltirgan. Lekin filmni yaratish uchun “Kapitan Marvel 2” bilan solishtirganda ancha kam — 85,4 million dollar sarflagan, shuningdek, film DC tarixidagi eng past daromad olib kelgan film sifatida qayt etiladi.

Filmning muvaffaqiyatsizligi ortida aktyor va ssenaristlarning ish tashlashi, shuningdek, Marvel rahbariyatining yetishmaganligi sabab sifatida ko‘rilgan. Disney bosh direktori Bob Ayger pandemiya paytidagi yomon postanovka ishi va ishlab chiqarish cheklovlarining taʼsir qilganini taʼkidladi.

“Biz shu darajaga yetdikki, agar film jahon prokatida milliard dollar topmas ekan, hafsalamiz pir bo‘ladi. Bu nihoyatda yuqori standart va menimcha, realroq filmlarni ko‘rish vaqti keldi”,— deydi Bob.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »