2018-yilda u Jo Roganning podkastida marixuana chekkan va bu Tesla aksiyalarining tushishiga olib kelgan. Shundan so‘ng NASA SpaceX’dan giyohvand moddalarsiz ishlash qonuniga rioya qilish bo‘yicha yozma kafolatlar talab qilgan. Boshqa shubhali epizodlar ham bo‘lgan, ammo hozirgacha investorlar bunga ko‘z yumgan.
Mask o‘zining narkotikka ruju qo‘ygani haqidagi ayblovlarga javob berdi
Biznesmen, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yillik holati bo‘yicha o‘tkazilgan testlar uning organizmida nafaqat giyohvand moddalar, balki spirtli ichimliklarning izi ham yo‘qligini ko‘rsatgan. Bu haqda milliarder X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Rogan bilan uchrashganimdan so‘ng, men NASA iltimosiga ko‘ra, uch yillik narkotik testdan o‘tishga rozi bo‘ldim. Giyohvand moddalar yoki alkogolning hatto izi ham topilmadi”, — deb yozgan Mask.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Ilon Mask noqonuniy giyohvand moddalarni iste’mol qilgani haqida katta material chop etgandi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Mask dunyo bo‘ylab yopiq xususiy kechalarda qatnashish paytida LSD, kokain, ekstazi va psixodelik qo‘ziqorinlarni iste’mol qilgan. Bunday uchrashuv ishtirokchilari maʼlumotlarini oshkor etmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi, deyiladi maqolada.
Maskning advokati Aleks Spironing WSJ nashriga aytishicha, Mask SpaceX’da muntazam va kutilmagan narkotik testlaridan o‘tib turadi, ularning barchasi manfiy chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maqoladagi “boshqa faktlar ham yolg‘on”.
Shu bilan birga, giyohvand moddalarni noqonuniy iste’mol qilish Mask kompaniyalari siyosatiga ziddir va 14 milliard dollarlik davlat shartnomalariga, biznesmenning obro‘si va mavqeyiga xavf tug‘dirishi mumkin. Milliarderning atrofidagilar uning tez-tez jahldor va beqaror xatti-harakatlarini namoyon etishiga odatlangan. Biroq so‘nggi bir necha yil ichida vaziyat yomonlashdi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar