Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alay 31-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi kamerada o‘lik holda topildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati

Advokat Arstanbek Abdildayevga ko‘ra, uning himoyasi ostidagi shaxs Jinoyat-protsessual kodeksi normalarini buzgan holda hibsga olingan.

“Bu mening himoyamdagi shaxsning xavfsizligini taʼminlash uchun tergov izolyatori rahbariyatiga bir necha bor yozma murojaat qilganimga qaramay, sodir bo‘ldi. U nega, kimning ko‘rsatmasi bilan va qachon 31-koloniyaga o‘tkazilgani bizga maʼlum emas. Bir so‘z bilan aytganda, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov, sud, axloq tuzatish xizmatlarining noqonuniy xatti-harakatlari inson o‘limiga sabab bo‘lgan. Bosh prokuratura rahbariyatidan barcha aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni so‘raymiz”, — degan u.

Keyinroq jazoni ijro etish muassasasi Arstanbek Abdildaev (Arstan Alay) o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berdi. Jumladan, 5-yanvar kuni taxminan soat 05:15 da Abdildaevning jasadi 31-sonli koloniyaning oshxonasida osilgan holda topilgani aytilgan. Muassasa murdani ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlarini aniqlamagan. O‘limning asl sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Arstan Alay 2023-yil dekabrda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olingandi. Unga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 330-moddasi “Diniy adovat (nifoq) qo‘zg‘atish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“U o‘zini yangi xudo, qutqaruvchi deb biladi, boshqa dinlar, eʼtiqod va qarashlarni nuqsonli, zaif va noto‘g‘ri tushunchalar deb hisoblaydi va ularga salbiy baho beradi”, — deya munosabat bildirgan o‘shanda Milliy xavfizlik davlat qo‘mitasi.

Arstan Alay nomi bilan ham tanilgan Abdildayev 2011 va 2017-yillarda ikki marta respublika prezidentligiga nomzodini qo‘ygan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »