Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya Ukraina uchun dushman dronlarini aniqlash tizimlarini xarid qilish maqsadida NATO trast fondiga 37 million dollar ajratadi. Bu haqda “RBK-Ukraina” Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikavaga tayanib, xabar berdi.

Foto: AP Photo

Kiyevdagi matbuot anjumani chog‘ida Yaponiya TIV rahbari rus qo‘shinlarining Ukraina shaharlariga, jumladan, Kiyevga Yangi yil bayramlarida davom etayotgan hujumlarini qoraladi. U, shuningdek, Yaponiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

“Men Rossiya agressiyasidan uzoq vaqtdan buyon o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukraina xalqining jasoratiga  yana bir bor hurmatimni izhor qilmoqchiman. Yaponiya Ukrainada yana tinchlik hukm surishi uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qat’iy qaror qilgan”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “RBK-Ukraina”.
Foto: AP Photo

Bundan tashqari, Kamikavaning ma’lum qilishicha, Yaponiya hukumati qish mavsumini yengib o‘tishga yordam berish uchun Ukrainaga beshta mobil gaz turbinali generator va yettita transformatorni topshirgan.

Yoko Kamikava 7-yanvar kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga kelgan. Yaponiyaning Ukrainadagi elchixonasi ta’kidlashicha, bu uning 2023-yil sentyabrda lavozimga kirishganidan keyin Ukrainaga birinchi safari. Kamikava tashrifi davomida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi, shuningdek, Bucha va Irpenga tashrif buyurdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »