Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston Oliy sudi jinoiy javobgarlikka tortilgan siyosatchilarga nisbatan bir umrlik taqiqni bekor qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: depositphotos

Oliy sud raisi Qozi Faez Iso o‘z qarorida umrbod taqiqlar “fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha asosiy huquqini cheklaydi” dedi. Bu qaror sobiq bosh vazir Navoz Sharifga to‘rtinchi marta yuqori lavozimga da’vogarlik qilishiga yo‘l ochdi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq bosh vazir Navoz Sharif sudlangan shaxslarning saylovlarda ishtirok etishiga umrbod taqiq qo‘yilgani sababli diskvalifikatsiya qilingan edi. Oliy sud qarori barcha potensial nomzodlar uchun bu to‘siqni olib tashladi. Sharif 8-fevral kuni o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.

74 yoshli Sharif 2017-yilda adolatsiz amaliyotlarda aybdor deb topilgan va taqiq sababli lavozmni egallash huquqidan mahrum qilingan.

2023-yili sudlar Sharifga nisbatan ikkala hukmni ham bekor qilgan, biroq u diskvalifikatsiya qilingan. Sharifning partiyasi, Pokiston musulmon ligasi-Navaz 8-fevralga belgilangan saylovlarda g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar sanaladi.

“Navoz Sharifni siyosiy qasos nishoniga aylantirish uchun uni umrbod chetlatishga qaratilgan sud adolatsizligining qorong‘u bobi tugadi” — dedi liga yetakchilaridan biri Marrium Aurangzeb.

Sharifning asosiy raqibi, sobiq bosh vazir Imron Xon sud jarayonlari fonida qamoqda. Shuningdek, unga besh yilga siyosatda qatnashish taqiqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »