Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Jetigen qishlog‘i viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi. Tegishli farmonni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev imzoladi, deya xabar berdi Oqo‘rda matbuot xizmati.

 

“Qozog‘iston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, Olmaota viloyatining Iliy tumanini undan Jetigen qishlog‘ini ajratib, uni qayta tashkil etishga qaror qilaman. Jetigen qishlog‘i viloyat ahamiyatiga ega shaharlar qatoriga kiritilsin va uning nomi Olatau shahri deb o‘zgartirilsin, — deyiladi xabarda.

Qozog‘iston hukumatiga ushbu farmon bandlarini amalga oshirish uchun zarur choralar ko‘rish topshirilgan. Farmon birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Aholi punkti Olmaota markazidan taxminan 47 kilometr shimolda joylashgan. 2009-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqda 15 ming kishi yashagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »