Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi kunlarda Livan-Isroil chegarasidagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. “Hizbulloh” Isroildagi radar stansiyasini raketa bilan o‘qqa tutdi, Isroil esa guruh yetakchilaridan biri Vissam at-Tavilni dron bilan o‘ldirdi.

Vaziyatning keskinlashishi tufayli Isroil mudofaa kuchlari urushda g‘ayrioddiy texnikani — eng yirik havo kemalaridan biri hisoblangan “Tal Shamayim” dirijablini ishga tushirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Bild

“Tal Shamayim” zamonaviy radar tizimi bilan jihozlangan, shuning uchun u kelayotgan uzoq masofali raketalar, qanotli raketalar va dronlarni aniqlay oladi. Dirijabl uch kilometr balandlikka ko‘tarilishi va uch tonnadan ortiq yukni ko‘tarishi mumkin.

Isroil havo kuchlari Amerikaning TCOM kompaniyasiga “Tal Shamayim”ga buyurtma bergan va uni 2022-yilda qabul qilib olgan.

“Havo kuchlari shimoliy amaliyotda jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Biz har qanday ssenariyga tayyor bo‘lishimiz kerak. Yangi tizim mavjud havo kuzatuvi imkoniyatlariga muhim qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Isroil havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Amikam Norkin.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant, o‘z navbatida, agar “Hizbulloh” Livan bilan chegaradagi Isroil jamoalariga raketa zarbalarini to‘xtatmasa, Isroil keyingi harbiy harakatlardan qochmasligini aniq aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »