Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha politsiyasi mamlakat sobiq ichki ishlar vaziri Mariush Kaminski va uning o‘rinbosari Matsey Vonsikni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda RMF24.

Foto: PAP

Hodisa 9-yanvar kuni kechqurun Varshavadagi prezident saroyida yuz berdi, u yerda siyosatchilar Polsha yetakchisi Anjey Dudaning taklifiga binoan prezident maslahatchilarini tayinlash marosimiga mehmonga kelgan edi.

Hibsga olish paytda prezidentning o‘zi qarorgohda bo‘lmagan: u Belveder saroyiga Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuv o‘tkazishga ketgan, shundan so‘ng siyosatchilar bilan gaplashmoqchi bo‘lgan.

Politsiyaning ta’kidlashicha, Kaminski va Vonsik 8-yanvar kuni chiqarilgan sud qaroriga binoan hibsga olingan. Siyosatchilar bundan hayron qolishgan, lekin qarshilik ko‘rsatishmagan.

Polsha prezidenti kanselyariyasi prezident mehmonlarining hibsga olinishi Polsha davlati qadr-qimmatini yerga urishini qayd etdi.

Siyosatchilar hibsga olinganidan keyin prezident saroyi yonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi, unda 300 ga yaqin odam yig‘ildi.

2015-yilda Varshava sudi Mariush Kaminski va Matsey Vonsiklarni 2007-yildagi “yer ishi” deb ataladigan ishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblab, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi. Kaminski o‘shanda Polshaning Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy byurosini boshqarar edi. O‘sha yili Polsha prezidenti Anjey Duda Kaminski va Vonsiklarni afv etdi. Biroq 2023-yilda Oliy sud qarorni bekor qildi va ishni yangi sud muhokamasiga yubordi. Dekabr oyi oxirida sud Kaminski va Vonsikni ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, ular “Qonun va adolat” partiyasidan Polsha Seymidagi o‘rinlaridan mahrum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »