Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonlik sobiq deputat Emil Jamg‘irchiyev 2022-yilning dekabr oyida noqonuniy tarzda O‘zbekistonga o‘tib, Toshkentga kelib, Salimboy nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyevdan yordam so‘ragan. Bu haqda bugun, 10-yanvar kuni Qirg‘iziston Jogorku Kenesh yig‘ilishida mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev maʼlum qildi.

Qamchibek Tashiyev
Foto: www.gov.kg

Qamchibek Tashiyev taʼkidlashicha, Jamg‘irchiyev Salimboyga bir qancha maktub yozib, Qirg‘iziston rasmiylari o‘rtasida o‘zaro nizo kuchayganini aytgan.

“Salimboy Emil Jamg‘irchiyev uning oldiga kelganini tasdiqladi. U Qirg‘iziston rasmiylari o‘rtasida nizolar ko‘payganini aytib, Salimboydan tartib o‘rnatish uchun yordam so‘ragan. Biroq Salimboy Qirg‘izistondagi ishlarga aralasha olmasligini aytgan. Bizning deputat Salimboydan yordam so‘rabgina ortiga qaytmasdan, uning yordamchisini ham aldagan. Bir necha kun mehmonxonada tunab, pulini to‘lamay qochib ketgan. Shu sababli O‘zbekistonda Jamg‘irchiyevga nisbatan firibgarlik va davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Jogorku Kenesh yig‘ilishida. 

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Jamg‘irchiyev Jogorku Keneshning yettita hujjatini O‘zbekistondagi tanishiga topshirgan. Lekin bu hujjatlar nima haqda ekanligi nomaʼlum. 

Maʼlumot uchun, Emil Jamg‘irchiyev Qirg‘izistonda jinoiy ish yuzasidan masalani ijobiy hal etish uchun tadbirkordan pora olganlikda ayblanib, qo‘lga olingan. Qirg‘izistonlik sobiq deputat 2023-yilning fevral oyida O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 5-dekabr kuni Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzda jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »