Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi davlatlari joriy yilning mart yoki apreligacha Ukrainaga 1 million artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara oladi. Bu haqda Yevropaning ichki bozor bo‘yicha komissari Tyerri Breton ma’lum qildi.

“Men shuni ishonch bilan aytmoqchimanki, biz o‘z majburiyatlarimizni bajaramiz”, — dedi Yevropa komissari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyi oxirigacha Ukrainaga 1 million o‘q-dori yetkazib berishning amalda imkoni bor.

Foto: Google Images

Shu maqsadda Yevropa komissari Yevropa Ittifoqi davlatlarini boshqa davlatlarga qurol eksportini kamaytirish va harbiy-sanoat kompleksidagi kompaniyalarga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Uning prognozlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi ikki yil ichida qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaga yetib olishi mumkin.

Noyabr oxirida Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Ukrainaga to‘rt yil davomida 50 milliard yevro mablag‘ ajratish bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayotganini aytgandi.

Ukrainaga AQSHdan keyin ikkinchi yirik qurol yetkazib beruvchi Germaniya hisoblanadi. Dekabr oyi boshida Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius Ukrainaga qurol yetkazib berishda kechikishlar mavjudligini tasdiqladi, ammo mudofaa sanoati ishlab chiqarishni oshirayotganiga ishontirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »