Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-yanvarga o‘tar kechasi va ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga yirik raketa zarbasini berdi. Butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari Rossiya tomonidan “Kinjal” raketalari uchirilgani haqida xabar berdi.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Krivoy Rog, Zaporojye, Dnepr, Xmelnitskiy va Xarkov viloyatida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Zaporojyening ayrim hududlarida elektr energiyasi uzilgan.

Rossiya qo‘shinlari Xarkovga kamida to‘rtta zarba berdi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Korxona va ta’lim muassasasiga zarar yetgan, 53 yoshli fuqaro jarohatlangan. Chuguevskiy tumanida xususiy uyga zarba berildi. 90 va 60 yoshli erkaklar vayronalar ostidan chiqarildi. Yana bir fuqaro vayronalar ostida qolmoqda.

Zaporojyeda 8-yanvar kuni ertalab beshta portlash ovozi eshitildi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Yuriy Malashko. Unga ko‘ra, shahar turli yo‘nalishlardan qanotli va ballistik raketalar hujumiga uchragan.

“Raketalar turar joy hududlari – ochiq joylar va uylar yaqiniga kelib tushgan. Soat 08:00 holatiga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida ikki kishi — bir erkak va ayol jabrlangan”, — dedi Malashko.

Ukraina jamoatchiligi va OAV Krivoy Rogdagi savdo markazi Rossiya hujumi tufayli jiddiy zarar ko‘rganini xabar qildi. Dnepropetrovsk viloyati rasmiylari bu haqda hozircha izoh bermagan.

Foto: Telegram

Ukraina janubidagi mudofaa kuchlari, shuningdek, tunda Rossiyadan sakkizta Shahed-136/131 droni uchib kelganini xabar qildi. Ta’kidlanishicha, barcha dronlar urib tushirilgan: yettitasi Odessa viloyatida, bittasi Nikolayevda.

Urib tushirilgan dronlardan birining qoldiqlari Odessa viloyatidagi ochiq hududga tushgan. U yerda yong‘in chiqib, qisqa vaqtda o‘chirilgan. Vayronagarchilik va qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi Ukraina janubi mudofaa kuchlari matbuot xizmati.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »