Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Zulfiya mukofoti sovrindori Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova vafot etdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ayjamal O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagan. 2014-yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
       
“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoatchi, faol hamda tashabbuskor yosh olimaning  bevaqt vafoti munosabati bilan yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, marhumaning yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini bildirgan. Ma’lum muddat o‘lik homila bilan yurgan, bola olinganidan keyin uning ahvoli og‘irlashib, dastlab Taxtako‘pir tumanidagi kasalxonaga yetkazilgan. Komaga tushib qolgach, 3 kun avval Nukus shahridagi tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning 2 yoshga to‘lmagan o‘g‘il farzandi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »