Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori Tohir Musoyev 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: RSHTYOIM Buxoro filiali matbuot xizmati

Tohir Musoyev 1979-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Buxoro davlat tibbiyot institutida bakalavr va klinik ordinaturani tamomlagan. Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida “Yurak-tomir xirurgiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini Buxoro davlat tibbiyot institutida kafedra assistenti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali II xirurgiya bo‘limi vrach-ordinatori sifatida boshlagan.

Turli yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori o‘rinbosari, mazkur tibbiyot muassasa bosh shifokori kabi lavozimlarda ishlagan.

Tohir Musoyev 2020-yildan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Vazirlik uning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »