Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati xorijdan moliyalashtirilmasa, pensiya to‘lay olmaydi, bu keksa odamlarning hayotiga tahdid soladi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Latviyaga tashrifi chog‘ida.

Foto: Getty Images
“Biz juda ko‘p narsalarni o‘z pulimizga sotib olamiz, lekin moliyalashtirish bo‘lmaganda-chi. Biz pensionerlarga pul topib berolmay qolamiz. Men rahmlaringni keltirmoqchi emasman, pensiyasiz qariyalar shunchaki o‘lib ketishadi. Bizda pensionerlar 11 million nafar. Yevropada shuncha qariyaga ega boshqa birorta davlat bormi?”, — degan Ukraina prezidenti.

Agar Qo‘shma Shtatlardan yordam kelmasa, yanvar oyidayoq ijtimoiy va gumanitar to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin, deb ogohlantirgandi Oliy Rada budjet qo‘mitasi rahbari Roksolana Podlasa bir oy oldin. Prezidentning “Xalq xizmatkori” partiyasidagi manba aniqlik kiritishicha, yanvar oyidagi kamomad 20 milliard grivnaga yetishi mumkin, 2024-yil uchun umumiy budjet taqchilligi 1,57 trillion grivnani tashkil qiladi.

Ukraina 1-mart sanasidan oldin G‘arb yordamini olmasa, ushbu oyga rejalashtirilgan pensiyalarni indeksatsiya qilish, bekor qilinishi mumkin, deb aytgandi ijtimoiy siyosat vaziri Oksana Jolnovich dekabr oyida.

Financial Times gazetasining yozishicha, Ukrainaning 2024-yilgi budjetida 41 milliard dollarlik kamomad mavjud bo‘lib, bu kamomad G‘arbning moliyaviy ko‘magi bilan qoplanishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, Kiyev Yevropa Ittifoqidan 18 milliard dollar, AQSHdan 8,5 milliard, XVJdan 5,4 milliard dollar olishni, qolgan mablag‘ni Britaniya va taraqqiyot banklaridan olishni kutmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »