Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev mahalliy kengash qarori bilan 1 ta bog‘dorchilik, 1 ta chorvachilik hamda 46 ta paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik yerlarini tuman zaxirasiga qaytarganiga oid xabarlar turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan tushuntirish berdi

Asrol Boyqarayev
Foto: Koson tumani hokimligi

Viloyat hokimligining xabar berishicha, Xalq deputatlari Koson tuman kengashining 2024-yil 11-yanvar kunidagi “Koson tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i J.Ergashevning taklifi asosida ijara shartnomasini bekor qilish va fermer xo‘jaligi yerini zaxiraga qaytarishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tumandagi 48 nafar fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan yer ijara shartnomalari bekor qilingani va yer maydonlari zaxiraga qaytarilgani bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasining taqdimnomasi va shunga asosan viloyat hokimining topshirig‘i bilan Xalq deputatlari Koson tuman kengashining 2024-yil 11-yanvardagi qarorini bekor qilish bo‘yicha Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashiga qaror loyihasi kiritilgan.

Shuningdek, tuman hokimligi quyidagicha izoh bergan. Xalq deputatlari Koson tuman kengashining 2024-yil 11-yanvar kunidagi “Koson tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i J.Ergashevning taklifi asosida ijara shartnomasini bekor qilish va fermer xo‘jaligi yerini zaxiraga qaytarishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror esa texnik xato tufayli chiqarilgan. Aslida qarorda ko‘rsatilgan xo‘jaliklar yerdan maqsadsiz foydalangani aniqlangan va bu bo‘yicha hujjatlar sudga taqdim etilishi belgilangandi.

Mazkur holat yuzasidan xatoga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlangan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »