Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent— Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgan edi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mazkur yo‘lovchi vafot etganini ma’lum qildi. 11-yanvar kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining  Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi HY271 raqamli aviaparvozi Anqara shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. 1946-yilda tavallud topgan O‘zbekiston fuqarosi X.T. davom etib kelayotgan surunkali kassallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga kelayotgan bo‘lgan.

Biroq aviaparvoz chog‘ida bemor sog‘lig‘i yomonlashgan va yurak hurujini boshdan kechirgan. Ekipaj hamda yo‘lovchilar hamrohligida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda yurak pulsining to‘xtashi kuzatilgach, tibbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan kishilar tomonidan yurak massaji qilingan. Biroq muolaja sa’y-harakatlarga qaramasdan, fuqaroning hayoti saqlab qolinolmagan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan vatandoshga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan hamda 12-yanvarda marhum jasadining O‘zbekistonga jo‘natilishi ta’minlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »