Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani bosib olgan taqdirda ham, tinchimaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vilnyusda Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ua”.

Foto: “TASS”

“U (Putin) to‘xtamaydi. U bizni butunlay bosib olmoqchi. Ba’zida hamkorlarning Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishdagi noaniqliklari Rossiyaga kuch qo‘shadi.

Agar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi o‘rinlarni Litva, Latviya, Estoniya, Moldova egallashi mumkin. Yaqinda u Finlyandiya va O‘zbekiston haqida gapira boshladi. Hammamiz birgalikda uni tugatmagunimizcha, Putin to‘xtamaydi”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy urushni “muzlatish” uchun sheriklaridan hech qanday bosim sezmayotganini aytdi.

“Himoyamizni tugatish borasida sheriklarimiz tomonidan bosim yo‘q. Men jangovar harakatlar to‘xtatiladi, deb aytmagan bo‘lardim. Axir bu bizning mudofaamiz”, — dedi u.

Avvalroq rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olishni va uning aholisiga rus tilini o‘rgatishni taklif qilgandi. Shu munosabat bilan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »