Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston, Turkiya, Rossiya, Eron va Qozog‘iston Afg‘onistonga sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ToloNews’ga ma’lum qildi.

Foto: Ariana news

Mujohidning ToloNews telekanaliga aytishicha, sanab o‘tilgan mamlakatlarning qator kompaniyalari 2024-yilda tog‘-kon sanoati va energetika sohalariga, jumladan, gidroelektr stansiyalari qurilishiga sarmoya kiritishi kerak.

“Tolibon” rasmiysi 2023-yili xorijiy sarmoyani jalb qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgani, 2024-yil ham davom etishini aytdi. Bu masala hozircha ayrim kompaniyalar bilan muzokaralar bosqichida, biroq allaqachon ish boshlaganlar ham bor.

Iqtisodiyot vazirligi ko‘plab davlatlar Afg‘onistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirganini va ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini taʼkidlagan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, xorijiy investorlar qishloq xo‘jaligi, savdo, energetika, temir yo‘l va infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga tayyor.

“Milliy va xalqaro investorlar qishloq xo‘jaligi, savdo, energetika, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda”, — deydi iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Abdul Latif Nazari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »