Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2024-yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish reja qilingan. Lekin o‘tgan yili sanoat 6 foiz o‘sgani bilan, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 foizdan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

“Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Bular asosan importga qaramlik va energiya isteʼmoli yuqoriligi hamda ortiqcha xarajatlar ko‘pligi sababli bo‘lmoqda”, — deydi davlat rahbari.

Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan bo‘lsa-da, ko‘p tarmoqlar davlatga tushumni taʼminlash o‘rniga xarajatini oshirayotgani qayd etilgan. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq o‘sgani kuzatilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, bu yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘ladi. Bundan buyon, sanoatda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari birinchi galda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi.

Masʼullarga 2024-yilda qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz o‘sishni taʼminlash bo‘yicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirildi.

Shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trillion so‘mga, debitor qarzdorlikni 8 trillion so‘mga kamaytirish zarur. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Strategik islohotlar agentligiga har oyda kamida ikkitadan tarmoqni tahlil qilib, qanday qilib tannarxni kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish mumkinligini ko‘rsatib berish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, joriy yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz o‘sishini taʼminlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Avvalroq davlat rahbari tizimni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq bergan edi. Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga masʼuliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »