Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kunda bir qator inqirozlarda Isroil, Eron, Turkiya kabi o‘rta tartibdagi davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi — Rossiya, Xitoy, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyadan ko‘ra ko‘proq ta’sirga ega.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Jahon iqtisodiy forumida ma’lum qildi.

Foto: Google Images
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosi bugun ancha kam taʼsirga ega. Tan olish kerakki, bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarga yirik davlatlardan ko‘ra ko‘proq taʼsir ko‘rsatadigan o‘rta kuchlar bor”, — dedi u.

Avvalroq Antoniu Guterrish Isroil va Livan chegarasida jangovar harakatlarni to‘xtatishga va “o‘t bilan o‘ynashishni” bas qilishga chaqirgandi.

“Chegara bo‘ylab kunlik o‘t ochilishidan jiddiy xavotirdaman. Bu harakatlar Isroil va Livan o‘rtasida keskinlikni kuchaytirib, mintaqaviy barqarorlikka jiddiy taʼsir qilishi mumkin”, — degandi Guterrish jurnalistlarga.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »