Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda Polsha armiyasining professional harbiy xizmatchilari soni 10 ming kishiga oshiriladi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Beyda ma’lum qildi.

PAP agentligining xabar berishicha, hududiy mudofaa kuchlari va ko‘ngillilar soni ham ortadi.

“2024-yil uchun harbiy xizmatchilarning ish haqi bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlar 135,5 ming professional harbiy xizmatchini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi”, — dedi Beyda va “bu qariyb 10 ming professional harbiy xizmatchiga o‘sish” ekanligini ta’kidladi.

Jumladan, kontrrazvedka va razvedka xizmati ofitserlari soni oshiriladi.

Foto: Google Images

“Jami 3320 nafar ofitser bo‘ladi. Bu degani 2024-yilda ularning soni 2023-yilga nisbatan 300 nafarga ko‘p bo‘ladi”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, professional harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirishdan tashqari, hududiy mudofaa qo‘shinlarini 3 mingga, shuningdek, ixtiyoriy harbiy xizmatni o‘tayotganlar sonini 5 mingga oshirish rejalashtirilgan.

“Bundan tashqari, Polsha Qurolli Kuchlarida harbiy mashg‘ulotlar davomida 20 ming faol zaxiradagi askar va 5 ming passiv zaxira askarlari bo‘ladi”, — dedi Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari.

Hozirda Polsha armiyasining umumiy soni 193 ming kishidan oshadi. Professional harbiy xizmatchilar soni qariyb 125,5 ming kishini tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »