Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “tarixiy Rossiya hududlarida mustaqil davlatning mavjudligi harbiy harakatlarni qayta boshlash uchun doimiy sabab bo‘lishi”ni aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Medvedev har qanday Ukrainaning mavjudligi ukrainaliklar uchun “juda xavfli” ekanini iddao qilib, bunga o‘zining “sabablarini” keltirib o‘tdi.

“Tarixiy Rossiya hududlarida mustaqil davlatning mavjudligi endi harbiy harakatlarni qayta boshlash uchun doimiy sabab bo‘ladi. Kech. Ukraina nomi ostida saraton o‘smasining boshida kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu uning boshqaruviga qonuniylik va ‘mamlakat’ uchun huquqiy holat bermaydi. Shuning uchun yangi kurash ehtimoli cheksiz davom etadi. Deyarli har doim.
Qolaversa, G‘arb qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi bilan qanday xavfsizlik hujjatlarini imzolamasin, yangi konfliktning yuz foizlik ehtimoli bor. Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi ham, bu sun’iy mamlakatning NATOga kirishi ham bunga to‘sqinlik qilmaydi. Bu o‘n yoki ellik yildan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Ukrainaning mavjudligi ukrainaliklar uchun halokatli”, — dedi u.

Shuningdek, Medvedev ukrainlar xoh ruslarning o‘limini qanchalik xohlashmasin, xoh Rossiya rahbariyatidan qanchalik nafratlanishmasin, xoh afsonaviy Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishga qanchalik intilishmasin, amaliy odamlar ekanini aytdi.

“Abadiy urush va muqarrar o‘lim o‘rtasida tanlov qilishda ukrainaliklarning aksariyati oxir-oqibat hayotni tanlaydi. Ular hozir unchalik yoqtirmaydigan katta umumiy davlatdagi hayot o‘limdan yaxshiroq ekanini tushunishadi. Ularning o‘limi va yaqinlarining o‘limi. Ukrainaliklar buni qanchalik tez anglasa, shuncha yaxshi”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »