Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, NATOning Rossiya va Belorussiya ittifoqi davlati chegaralari yaqinida harbiy salohiyatini mustahkamlash “provokatsion xarakterga ega” va “Yevropa xavfsizlik arxitekturasining degradatsiyasiga” olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlar Rossiya Federatsiyasining e’tiboridan chetda qolmaydi.

Polshaning mamlakatda qo‘shimcha nemis harbiy bo‘linmalarini joylashtirish haqidagi kelishuvini izohlar ekan, Zaxarova buni “NATO davlatlarining global rusofobik yo‘nalishining Rossiyaga qarshi yana bir elementi” deb atadi.

Foto: Google Images

Uning eslatishicha, Polshada 10 mingga yaqin amerikalik askar joylashgan. Shuningdek, mamlakat hududida Buyuk Britaniya, Ruminiya va Xorvatiya harbiy xizmatchilaridan iborat NATO taktik guruhi mavjud.

“Polsha hududiga qo‘shimcha xorijiy qo‘shinlarni joylashtirishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Bunday chaqiriqlar faqat Yevropadagi keskinlik darajasini oshirishga qaratilgan harakat sifatida ko‘rib chiqilishi kerak”, — dedi Rossiya TIV vakili brifingda.

Shu hafta Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Anjey Sheyna Polsha o‘z hududiga nemis qo‘shinlarini joylashtirishga roziligini aytdi. Uning fikricha, “urush Polshaning sharqiy chegarasi yaqinida davom etayotganda, ittifoqchilarning har qanday yordami va hamkorligi mamnuniyat bilan qabul qilinadi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »