Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova Ukrainaga taqdim qilingan F-16 qiruvchi samolyotlari NATO davlatlaridan biriga joylashtirilishini taxmin qildi. Chunki Ukrainada aerodrom infratuzilmasi vayron bo‘lgan.

Bu esa NATO Ukraina mojarosiga “borgan sari chuqurroq kirib borayotganidan” va Rossiya hamda NATO o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuv xavfi ortib borayotganidan dalolat beradi, dedi Zaxarova.

Foto: “Mid.ru”
“NATOga a’zo davlatlar Ukrainani jadal qurollantirishda davom etmoqda. Endilikda navbat taktik qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishga kelgan. Ammo Ukraina aerodromi infratuzilmasining muhim qismi vayron bo‘lganidan kelib chiqadigan bo‘lsak, qiruvchi samolyotllar mamlakatdan tashqarida — Polsha, Slovakiya, Ruminiyada joylashtirilishi mumkin. Shimoliy Atlantika alyansi Ukraina mojarosiga tobora chuqurroq kirib bormoqda. NATO Ukrainani qutqarish shiori ostida mamlakatimizga qarshi gibrid urush olib bormoqda”, — dedi Mariya Zaxarova brifing chog‘ida.

Rossiya TIV rasmiy vakilining qayd etishicha, Ukraina ittifoqchilari allaqachon Kiyevga havo kemalarini o‘tkazadigan va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlaydigan alohida davlatlar koalitsiyasini tuzgan. “Ukraina qurolli kuchlari tomonida mojaroda qatnashayotgan qiruvchi samolyotlar, qayerdan uchishidan qat’i nazar, Rossiya qurolli kuchlari tomonidan  yo‘q qilinishi uchun qonuniy nishonga aylanadi”, — deb ta’kidladi Mariya Zaxarova.

Avgust oyida Qo‘shma Shtatlar F-16 samolyotlarini Daniya va Niderlandiyadan Ukrainaga jo‘natishni ma’qullagan edi. Bu ikki davlat AQSH bilan birgalikda ukrainalik uchuvchilarni tayyorlamoqda. Ulardan tashqari Norvegiya ham samolyotlarni yetkazib berish niyatida. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »