Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rupesh Kumar 30 yillik faoliyati davomida 100 dan ortiq salbiy rollarni ijro etgan, ammo o‘zbek tomoshabinlari uni “Zita va Gita” filmidagi Kaushalya xolaning ukasi Ranjit roli bilan yaxshi eslaydi.

Foto: Bollywoodtime

Rupesh Kumar 1946-yil 16-yanvarda Bombeyda, Ali Asg‘ar Farashahi va uning rafiqasi Maryam oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor oilada 7 farzandning eng kattasi bo‘lib, u restoran biznesini davom ettirishi kerak edi, lekin u yoshligidanoq san’atga qiziqib, aktyor bo‘lishni orzu qilgan.

Foto: Bollywoodtime

Rupeshning asl ismi Sayid Abbos Arab Farashahi bo‘lib, 19 yoshida kino sanoatiga kirganida rejissor va prodyuser Nanabxay Bhatt unga Rupesh Kumar taxallusini berdi. Chunki mashhurlikka erishish uchun bunday uzun ism bilan unga qiyin bo‘lishini oldindan sezgandi.

Foto: Bollywoodtime

U Bollivuddagi faoliyatini juda yaqin oilaviy do‘sti va filmlarda rol o‘ynay boshlagan aktrisa Mumtoz tufayli boshlagan. 1965-yilda Mumtoz Rupeshni “Tarzan va King Kong” filmini suratga olish maydonchasiga taklif qildi, shundan keyin Rupesh ortga qaramay ijod olamiga kirib bordi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Rupesh va Mumtoz amakivachcha bo‘lgan, ammo bu haqiqat emas. Aslida, ularning oilalari juda yaqin do‘st edi. Rupeshning amakisi va Mumtozning onasi eronlik bo‘lib, bir-birlariga xuddi bir oiladek iliq munosabatda bo‘lishardi. Rupesh o‘z singlisi va Mumtozni opa-singillar deb chaqirardi, garchi ular hech qachon qarindosh bo‘lmasalar ham.

1970–1980-yillar davomida Rupesh kichik rollarni, asosan, salbiy obrazlarda o‘ynadi. Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar: “Imo-ishora” (1971), “Zita va Gita” (1972), “Buyuk o‘yin” (1979), “Noma’lum dushman” (1979), “Saxovatli yurak” (1983), “Sevgi rishtasi” (1986) va “Guru” (1989).

Foto: Bollywoodtime

Shuningdek, u ikkita filmga prodyuser va rejissorlik qilgan: Sunil Datt bilan “Mening sevgilim” (1991); Xema Malini va Ayub Xon bilan “Ona” (1993). Uning so‘nggi filmi “Muqaddas gunohkor” (1995) filmi bo‘lib, o‘limidan 4 oy o‘tib namoyish etilgan.

1974-yilda Rupesh Marziya ismli qizga uylanadi. Juftlik uch qizning ota-onasi bo‘ldi: Mumtoz, Maxtab va Mojeh. Katta qizi Mumtoz Dilip Kumarning jiyani Zohid Xonga turmushga chiqqan. Yana ikki qizi ham turmush qurib, baxtli hayot kechirmoqda.

Rupesh Kumar 1995-yil 29-yanvarda Filmfare mukofotini topshirish marosimida vafot etgan. Marosim vaqtida aktyorning yuragi xuruj qilgan va tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. O‘sha vaqtda Rupesh Kumar endigina 49 yoshda edi. Aktyor hayot bo‘lganida, 78 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »