Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Atlantika alyansi kelasi hafta Yevropadagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik Steadfast Defender-2024 mashg‘ulotlarini boshlaydi, unda 90 000 askar ishtirok etadi.

Bu haqda NATO ittifoqchi kuchlarining Yevropadagi oliy qo‘mondoni, general Kristofer Kavoli ma’lum qildi.

Foto: Google Images

“Bugun biz kelasi hafta boshlanadigan va may oyigacha davom etadigan Steadfast Defender-2024 mashqlari boshlanganini e’lon qilamiz. Streadfast Defender NATOning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik mashg‘uloti bo‘ladi, unda alyansning barcha davlatlaridan taxminan 90 000 askar, shuningdek, hamkorimiz Shvetsiyadan harbiylar ishtirok etadi”, — dedi u.

Kristofer Kavolining so‘zlariga ko‘ra, alyans mashqlar davomida kuchlarni Shimoliy Amerikadan Yevropaga o‘tkazish orqali Yevro-Atlantika mintaqasi mudofaasini kuchaytirish qobiliyatini namoyish etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »