Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya 3-5 yil ichida Shimoliy Atlantika alyansi uchun jiddiy harbiy tahdidga aylanishi mumkin, dedi Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas The Times gazetasiga bergan intervyusida.

Vladimir Zelenskiy va Kaya Kallas
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
“Bizning razvedkamiz hisob-kitoblariga ko‘ra, bunga uch yildan besh yilgacha vaqt kerak bo‘ladi, bu ko‘p jihatdan birlikni qanday saqlab qolishimiz va Ukraina bo‘yicha pozitsiyamizga bog‘liq”, — dedi u.

Siyosatchi keltirgan Estoniya tashqi razvedka xizmati hisobotida aytilishicha, Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlarini alyansning “eng zaif qismi” deb biladi va ularga qarshi dushmanona harakatlar qilishi mumkin.

Shuning uchun Kallas NATOni Sovuq urush uslubidagidek Rossiyani “tiyib turish” strategiyasini qabul qilishga chaqirdi. Bu borada alyans duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar qatorida Estoniya bosh vaziri qurol-yarog‘ taqchilligi va ko‘p sonli qo‘shinni jadallik bilan front chizig‘iga joylashtirishdagi qiyinchiliklarni sanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO bilan ziddiyatni istisno qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada alyans mamlakatlari bilan kurashish uchun “hech qanday sabab, na geosiyosiy, na iqtisodiy va na siyosiy yoki harbiy manfaat” yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »