Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi 18-yanvar, payshanba kuni Hindistonga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 4-daqiqada Abbosbek Fayzullayev boshi bilan darvozani ishg‘ol etib, hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Abbosbek boshlagan hujumni Igor Sergeyev gol bilan yakunladi. 

Birinchi bo‘lim oxirida Sayfiyev tomonidan uzatilgan to‘pni Sherzod Nasrullayev darvozaga joylab qo‘ydi. 

Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va O‘zbekiston 3:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Srechko Katanes jamoasi guruhdagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Avstraliya Suriyani kichik hisobda mag‘lub etdi.

2-turdan so‘ng B guruhi quyidagicha ko‘rinish olgan:

 

O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinini 23-yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.


Osiyo Kubogi

2-tur bahsi

18-yanvar, payshanba

Hindiston — O‘zbekiston 0:3

Gollar: 0:1 — 4 Abbosbek Fayzullayev, 0:2 — 18 Igor Sergeyev, 0:3 — 45+3 Sherzod Nasrullayev.

Hindiston: 1. Gurpreet Singx Sandu, 2. Rahul Beke, 5. Sandesh Jingan, 6. Akash Mishra, 7. Anirud Tapa (10. Brandon Fernandes,72) 8. Suresh Singx, 9. Manvir Singh, 11. Sunil Chetri (26. Ishan Pandita, 72), 14. Manesh Singh, 19. Lalengmavia Apuia, 21. Nikil Chandrashekhar.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Farruh Sayfiyev, 13. Sherzod Nasrullayev (26. Zafarmurod Abdirahmatov, 46) 25. Abduqodir Husanov, 15. Umar Eshmurodov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov (14. Jamshid Boltaboyev, 84), 10. Jaloliddin Masharipov (19. Aziz Turg‘unboyev, 73), 11. Oston O‘runov (20. Hojimat Erkinov, 73), 22. Abbosbek Fayzullayev (8. Jamshid Iskanderov, 84), 21. Igor Sergeev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »