Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Savdoda terminal ishlatishi majburiy bo‘lgan ayrim tadbirkorlik subyektlarida sotuvchi mijozdan mahsulot yoki xizmat pulini jismoniy shaxs plastik kartasiga o‘tkazib berishini so‘ragan holatlar uchrab turadi. Yaʼni to‘lov yuridik shaxs hisob raqamiga emas, shaxsiy kartaga o‘tkaziladi. “Daryo” muxbiri Toshkent shahri aholisi bilan suhbatlashib, ular shunday vaziyatga duch kelganmi yoki yo‘qligi bilan qiziqdi.

So‘rov davomida deyarli barcha suhbatdoshlar biror mahsulot xarid qilganda yoki xizmat uchun to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazishga majbur bo‘lganini aytdi.

Foto: “Daryo”
“Ha, menda shunday bo‘lgan. Ayrim sotuvchilar terminal ishlamayapti, Payme yoki Click orqali to‘lov qilsangiz bo‘ladi, degan shart qo‘yishadi. Bu holat yoqmasa–da, tovarni olish uchun karta raqamiga pul o‘tkazishga majbur bo‘lganman”, — deydi suhbatdoshlardan biri.

Yana bir fuqaroning aytishicha, bunday holatlar bozorlarda ko‘proq uchraydi.

Foto: “Daryo”
“Bozordan kiyim-kechak sotib olsak, plastik karta raqamiga pul o‘tkazishimizni aytishadi. Keyin olgan mahsulotimiz uchun pulni kartasiga tashlab beramiz. Do‘konlarda esa bunday holat kam uchraydi”, — deydi u.

Tadbirkor sotgan tovari uchun xaridordan pulni jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazdirib olishi aniqlansa, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi? Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Dildora Hoshimova bu haqda ma’lumot berdi.

Dildora Hoshimova
Foto: “Daryo”
“Hozirda P2P, yaʼni bir jismoniy shaxs kartasidan ikkinchi shaxs kartasiga onlayn pul o‘tkazish ancha rivojlandi. Bu noqonuniy emas. Ammo tadbirkorlik subyektidan tovar yoki xizmat sotib olayotganda P2P to‘lovini amalga oshirish noqonuniy. Agar bunga yo‘l qo‘yilsa, soliq bazasini kamaytirish va soliqdan qochish deb baholanadi. Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat kassa mashinalariga tushumlarni kirim qilmaganlik va xaridorga chek bermaganlik bo‘yicha soliq tekshiruvi o‘tkaziladi. Birinchi tekshiruvda isbotini topgan qonunbuzarlik uchun 5 million so‘mgacha jarima yoziladi. Agar bir yil davomida yana xuddi shu holat takrorlansa, 10 milllion so‘m jarima qo‘llanadi. Bundan tashqari, o‘sha tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan tekshiruvda boshqa kirim qilinmagan summalar ham aniqlansa, kirim qilinmagan va kamaytirilgan summaning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha jarima belgilanadi”,—dedi qo‘mita masʼuli.

Suhbat davomida Dildora Hoshimova tadbirkorlar elektron to‘lov tashkilotlaridan QR–kod olishi lozimligini maslahat berdi. Mijozlar biror mahsulot sotib olayotganda yoki xizmat uchun to‘lovni o‘sha QR-kodni skanerlash orqali amalga oshiradi. Shunda chek ham elektron bo‘ladi. Bu elektron to‘lovlar qabul qilishning qonuniy yo‘lidir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »