Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp jahon siyosatchilari bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Fox News’ga bergan intervyusida u “hatto xarakteri qiyin odamlar bilan” ham til topishganini ta’kidladi. Shuningdek, Tramp yadroviy qurolga ega odamlar bilan til topishish muhimligini alohida ta’kidladi.

Foto: Reuters

Fox News jurnalisti Donald Trampni Demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning istiqbollarini baholashga taklif qildi. Bunga javoban Tramp turli siyosatchilar bilan aloqani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan kam sonlilardan biri ekanligini aytdi.

Misol uchun, AQSH sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kabi “aqlli, zo‘r, juda hurmatli, ammo murakkab xarakterga ega inson” ham Donald Trampning davlat rahbari lavozimiga qaytishini qo‘llab-quvvatlagan.

“U oddiy narsani aytdi: hamma Trampdan qo‘rqardi, lekin hamma uni hurmat qildi. Va bu haqiqat. Men prezident bo‘lganimda, Putin hech qachon Ukrainaga hujum qilmagan bo‘lardi, men Putin bilan yaxshi til topishaman. Bilasizmi, Putin va unga o‘xshash odamlar bilan til topishish yaxshi”, dedi Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ham yaxshi munosabatlarga ega ekanligini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »