Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotdan tirik odamlar topildi
Afg‘onistonda Rossiyaning Falcon 10 samolyoti halokatidan to‘rt kishi tirik qoldi, ular turli tan jarohatlari olgan. Bu haqda Rossiya elchixonasiga tayanib, “Rosaviatsiya” xabar berdi.
Bortda jami olti kishi bo‘lgan, ularning to‘rt nafari afg‘onistonlik qutqaruvchilar tomonidan aniqlangan. Aviatexnikada bo‘lgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Samolyot yo‘lovchilari volgogradlik tadbirkor Anatoliy Yevsyukov va uning rafiqasi Anna edi. Ayol Tailandda noma’lum infeksiyaga chalingani sababli shifokorlar unga vataniga (Rossiyaga) qaytishni tavsiya qilgandi.
Shu sababli oila Gaya—Toshkent—Moskva yo‘nalishida harakatlanadigan shaxsiy reysni bron qilgan. Biroq samolyot Tojikiston havo hududiga kirishidan biroz oldin, Afg‘oniston hududida radardan g‘oyib bo‘lgan.
“Tolibon” harakati keyinchalik samolyot Badaxshonga qulab tushganini xabar qilgan. Aviatexnika Rossiyaning “Atletik Grup” kompaniyasiga va jismoniy shaxsga tegishli bo‘lib, sanitar charter reysini amalga oshirayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga ikkita dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan. Aviatexnikani boshqargan ikki nafar uchuvchi ham yetarli tajribaga ega bo‘lmagani aytilmoqda.