Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Livan janubida “Hizbulloh” jangchilari bo‘lgan mashinaga dron bilan hujum qildi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Telegram

Ularning ikkalasi ham “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni Fadi Sulaymonnning qo‘riqchilari bo‘lgan. Ular Sulaymonning shaxsiy xavfsizligi va harakati uchun javobgar bo‘lgan. Sky News telekanalining xabar berishicha, “maqsadli yo‘q qilish” nishoniga aylangan qo‘mondonning o‘zi tirik qolgan.

Livan manbalari avtomobil portlashi oqibatida besh kishi jarohatlangani — ikki kishi halok bo‘lgani, uch kishi yaralanganini aytmoqda. Livan janubidagi vaziyat Isroil 2023-yil oktyabr oyida G‘azo sektorida harbiy amaliyotlar boshlaganidan keyin yomonlashdi. Isroil armiyasi va “Hizbulloh” chegaradagi hududlarda bir-birining pozitsiyalariga har kuni o‘t ochadi.

Oqibatda hozirgacha jami 140 ga yaqin “Hizbulloh” jangchisi va kamida 25 livanlik tinch aholi halok bo‘ldi. Shuningdek, kamida to‘qqiz nafar Isroil askari va bir fuqaro halok bo‘ldi. So‘nggi haftalarda tomonlar o‘rtasidagi intensivlik o‘sib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »