Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari 8-yanvar kuni Suriyada Falastinning HAMAS guruhi yuqori martabali a’zosini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. Idoraga ko‘ra, Hasan Akashe “so‘nggi haftalarda Suriya hududidan Isroilga qilingan raketa hujumlarining asosiy tashkilotchilaridan biri” edi. 

Foto: AP Photo

Akashe Suriyaning Bayt Jin hududida yo‘q qilingan, Isroil tomoni hozircha operatsiyaning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi. Idora matbuot xizmati Isroil “Suriya hududidan amalga oshiriladigan terrorchilik harakatlariga toqat qilmasligini” qayd etdi. 

8-yanvar kuni ertalab Livan janubida isroilliklarning zarbasi oqibatida “Hizbulloh” harakatining yuqori martabali qo‘mondoni halok bo‘lgandi. AFP manbasiga ko‘ra, Vissam at-Tavil “Hizbulloh”ning Livan janubidagi harbiy amaliyotlarini boshqarishda yetakchi rol o‘ynagan. Uning o‘ldirilishi G‘azo sektoridagi urush butun Yaqin Sharqqa tarqalishi mumkinligi bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi, deydi agentlik manbalari. 

2-yanvar kuni HAMAS yetakchilaridan yana biri Solih al-Aruriy Isroil uchuvchisiz uchoqlarining Bayrut chekkasidagi Dahiya shahriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »