Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining С gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona С gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari O‘zbekistonga bosqichma-bosqich yuborildi.

2024-yil 20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona Sofosbuvir-400mg” dori vositalari O‘zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »