Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Muvaffaqiyatli aktyorlik karyerasi maxsus ta’limni talab qiladi deb o‘ylasangiz, butun dunyoga mashhur bo‘lgan turkiyalik yulduzlar bu fikr noto‘g‘ri ekanini isbotlashi mumkin.

Burak O‘zchivit

Burak O‘zchivitning aktyorlik bo‘yicha maxsus ma’lumoti yo‘q. U kino olamiga tasodifan kirib keladi, chunki u muvaffaqiyatli model edi. Avvaliga Burak teatr bo‘limiga ishga kiradi, lekin u yerda yigitni payqashmaydi. Shundan keyin u tashqi ko‘rinishidan foydalangan holda modellik olamiga qadam qo‘yadi.

2003-yilda u Turkiyaning eng yaxshi modeli bo‘ladi, 2005-yilda esa “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida xuddi shunday unvonni oladi. Albatta, bunday muvaffaqiyat kino olamiga “oltin chipta” bo‘ldi. Axir, ko‘pchilik prodyuser va rejissorlarga professional aktyorlar emas, mashhur va chiroyli yuz kerak.

Aktyor o‘zini kelishgan deb hisoblamaydi, lekin uning butun dunyodagi muxlislari bu borada boshqacha fikrda. Va, albatta, o‘z loyihasini qimmatroq narxda sotishdan manfaatdor bo‘lgan har bir prodyuserlik kompaniyasi uni serialiga chaqirishni xohlaydi.

Hande Erchel

Hande ham aktrisalik ma’lumotiga ega emas, bu ko‘pincha uni tanqid qilish va masxara qilish uchun yaxshigina sabab bo‘ladi. Xuddi shunday vaziyatda bo‘lgan barcha hamkasblari orasida qizni Turkiyadagi eng qobiliyatsiz aktrisa deb hisoblashadi. Ko‘pincha “Qalbim eshigini qoq” yulduzi aktrisalik mahorati tufayli emas, go‘zal qiyofasi va tashqi ko‘rinishi uchun rol olishda ayblanadi.

Aktrisaning o‘zi bu masalada boshqacha fikrda. U rolga aktrisa tanlashda, birinchi navbatda, tashqi ko‘rinishga emas, balki uning muvaffaqiyatlari va iste’dodiga e’tibor berish kerakligiga amin. Va u o‘zining go‘zalligiga urg‘u berish uning kasbiy o‘sish bo‘yicha harakatlaridan ko‘proq e’tibor tortishidan juda xijolat bo‘ladi. Hamma prodyuserlar unga serialini daromadli qiluvchi aktrisa sifatida qaraydi, hech kim uni A toifali aktrisa sifatida ko‘rmaydi.

Hande Leyla rolini o‘ynagan “Mutlaqo boshqacha” serialining so‘nggi epizodidan so‘ng, tanqidchilar uning ijrosiga ozroq ijobiy munosabatda bo‘ldi va qizning aktyorlik sifatining biroz o‘sganini ta’kidladi. Biroq uni professional deb atashga hali erta, ayniqsa oliy ta’lim ma’lumotisiz.

Fahriye Evjen

Burak O‘zchivitning rafiqasi eri bilan bir xil yo‘ldan bordi. Fahriye ham kino sanoatiga modellik biznesidan va jozibali yuzi tufayli kelgan. Biroq u tugallangan oliy ma’lumotga ega (hatto ikkita!). U Dyusseldorfdagi Genrix Geyne universitetida sotsiologiya bo‘yicha tahsil olgan va Turkiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Bosfor universiteti tarix fakultetida o‘qish orqali bilimini mustahkamlashga qaror qilgan.

Darvoqe, Fahriyening ijrosi ham tomoshabinlarda savollar tug‘dirmoqda. Ko‘pchilik uning ishonarsiz o‘ynashi haqida gapiradi, ayniqsa uni Burak bilan “Sevgi iztirobi” serialida ishlagan hamkasbi Neslihan Atagul bilan solishtirganda yana ham seziladi. Turk aktrisasi eridan farqli o‘laroq, maxsus ta’lim bilan maqtanishi mumkin. Biroq bu ham Neslihan yaxshiroq o‘ynaydi, deb da’vo qiladigan tomoshabinlarning hujumlaridan himoya qilolmaydi.

Kivanch Tatlitug‘

Dastlab Kivanch o‘z hayotini professional sport bilan bog‘lamoqchi edi. Uning orzusi basketbolchi bo‘lish edi, ammo olgan jarohati tufayli hammasi o‘zgarib ketadi. Shundan so‘ng tashqi ko‘rinishi yigitga modellik kasbini tanlashga imkon berdi. 2001-yilda u modellik bilan yaqindan ishlay boshlaydi va 2002-yilda Turkiyaning eng yaxshi modeli tanlovida g‘olib chiqadi.

Kivanch filmlarda asosiy rollarni olgach, Istanbul madaniyat universitetiga o‘qishga kiradi — kommunikatsiya dizayni, media va kino yo‘nalishida tahsil oladi. Ko‘rib turganingizdek, bu kasb uning faoliyatiga yondosh, ammo shunga qaramay, kino bilan bevosita bog‘liq emas.

Afra Sarachog‘lu

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali yulduzi bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan, ammo u teatr bo‘limiga kira olmaydi (yoki urinib ham ko‘rmagan). U kinoga taklif qilina boshlagan paytda Eskishehir universitetining qiyosiy adabiyot fakultetida tahsil olayotgan edi. O‘zjan Denizning ijtimoiy tarmoqlarda yangi loyiha uchun kasting haqidagi postini ko‘rgan onasi unga aktrisalik faoliyatini boshlashga yordam beradi. Shunday qilib, qiz “Ikkinchi imkoniyat” filmida rol o‘ynaydi, keyin “Yomon yigit” filmida ishtirok etadi. “Fazilat xonim va qizlari” serialidagi ijrosi sabab tomoshabinlarning sevimlisiga aylanadi.

Yuqoridagi aktyorlar singari Afra ham aktrisalik ma’lumotiga ega emas. Biroq bu serial muxlislariga rollarni yomon o‘ynaydi, deyishga asos bermaydi, chunki u obrazga kirishish va o‘z qahramonlarining kechinmalarini ekran orqali tomoshabinlarga yetkazishni qoyillatadi.

Aras Bulut Iynemli

“Muhtasham yuz yil” filmidagi shahzoda Boyazid rolidan so‘ng butun dunyoga tanilgan Aras Bulut Iynemli aktyorlar oilasida o‘sgan. Ajablanarlisi shundaki, Arasning onasi uning izidan borishni xohlamaydi — bo‘lajak aktyor juda itoatkor o‘g‘il edi. Aynan shuning uchun u Istanbul texnika universitetiga o‘qishga kiradi va aviatsiya muhandisligi sohasida ta’lim oladi.

Shunday qilib, 16 yoshida Aras o‘zining birinchi rolini o‘ynaydi. Shundan so‘ng hammasi rejalashtirilganidek ketadi: yangi rollar, mashhurlik, raqamli loyihalarda ishtirok etish. Bundan tashqari, xuddi shu nomdagi serialda Otaturk rolini o‘ynash sharafiga ega bo‘lgan. Turk xalqi uchun bu asosiy shaxs, shuning uchun har bir kishi u sifatida reinkarnatsiya qilishni va hech bo‘lmaganda uning tarixiga ozgina bo‘lsa-da taalluqli bo‘lishni xohlaydi. Lekin bunday sharafli rol maxsus ta’lim olmagan Aras Bulutga nasib qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »