Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgi vaqtda vizajistlar har xil zamonaviy texnologiyalarga ega, ammo avvallari grimyorlar kerakli obrazni yaratish uchun turli xil usullardan foydalangan. Aktyorni yoshartirish, qaritish yoki tashqi qiyofasini o‘zgartirish uchun maxsus lenta, yelim, bo‘yoq, qoplamalar va boshqa qo‘llarida bor bo‘lgan materiallarni ishlatgan.

Georgiy Vitsin “Balzaminovning uylanishi” filmida o‘zini o‘zi grim qilgan

Ushbu filmda 46 yoshli aktyor Misha Balzaminov rolini o‘ynashi kerak edi, ammo ssenariyga ko‘ra uning qahramoni 25 yoshda. Vitsin qahramonining grimi juda murakkab edi, mazkur grim ustida aktyorning shaxsan o‘zi ishlaydi. Keyinchalik bu filmni aktyorning o‘zi “Balzamlanganning uylanishi” deb ataydi.

Ajinlarni yashirish uchun aktyor yuziga to‘r va sepkil chizgan. Vitsin yuzini ingichka qilib ko‘rsatish uchun shlak va qizil bo‘yoqdan maxsus aralashma tayyorlaydi. Obraz jingalak parik va biroz yuqoriga ko‘tarilgan burun bilan yakunlanadi — aktyor burnini maxsus kley bilan yopishtiradi.

Jin Xottabich obrazini yaratish uchun soatlab vaqt ketgan

Xottabichning grimi ustida rassom Vasiliy Goryunov ishlagan. Aynan u qudratli jin obrazini yaratgan va buning uchun har kuni 2 soat sarflagan — aktyor Nikolay Volkovga har safar maxsus plastilindan burun va lab yasashga to‘g‘ri keladi.

“Buratinoning sarguzashtlari” filmi yosh aktyorlar uchun haqiqiy tajriba bo‘lgan

Buratino rolini ijro etgan Dima Iosifov soxta qosh yopishtirish uchun soch va qoshlarini qirib tashlashga majbur bo‘ladi. Yosh aktyor uchun har bir grim taxminan bir yarim soat davom etadi.

Eng ko‘p muammo penoplast burunni yasashda bo‘ladi. Hammasi bo‘lib, suratga olish paytida Dima 45 ta burun ishlatadi.

Malvina rolini o‘ynagan Tanya Protsenko uchun ham oson bo‘lmaydi. Chinni protezdan foydalanish uchun u bir nechta tishidan ayriladi. Tanya qoshlarini ham qirdirib, oqartiradi, uning yuziga har kuni oppoq qilib pudra surtilgan, sun’iy kipriklar ham yopishtirilgan.

Leonid Kuravlyovni Robinzon Kruzo obrazida tanish qiyin

“Robinzon Kruzoning hayoti va hayratlanarli sarguzashtlari” filmida aktyorni deyarli tanib bo‘lmaydi, ayniqsa final qismida. Bu rol uchun 20 ga yaqin da’vogarlar kastingdan o‘tgan, ammo ular orasidan Leonid Vyacheslavovich tanlab olinadi. Kuravlyov o‘zining komedik rollari bilan mashhur bo‘lganligi uchun rejissor unga boshqa aktyor ovoz berishi kerak degan qarorga keladi. U tomoshabinlar birinchi soniyalardanoq Kuravlyovning ovozidan tanib qolishlarini, natijada film atmosferasi buzilishidan qo‘rqqan.

Film qahramonning taxminan 30 yillik hayotini qamrab oladi, shuning uchun orolda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettiruvchi 20 xil grim varianti yaratilgan.

“Ayozbobo” filmida Natalya Sedixning kipriklarini yulib olishadi

Nastenka roli yosh figurali uchuvchi Natalya Sedixga nasib qiladi, rejissor Aleksandr Rou qizning ijrosini televizorda ko‘rib qoladi. Natalya juda yosh ko‘rinardi, shuning uchun Rou uni yaxshilab grim qilishlarini so‘raydi. Qizning ko‘zlari atrofi ko‘k ten bilan chiziladi, lablari esa yorqin qizil lab bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi.

Muzlagan kiprik yaratish uchun grimyorlar odatda aktyorlarga soqol va mo‘ylovlarni yopishtirish uchun ishlatiladigan yelimdan foydalanadi. Suratga olish ishlari tugaganidan keyin sun’iy kiprikdan qutulish juda qiyin edi. Sedix kipriklarini qanday yulib tashlaganini haligacha dahshat bilan eslaydi.

Armen Jigarxanyan “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi” filmi suratga olish paytida doim parigini yo‘qotib yurgan

Dastlab Bukri rolini Rolan Bikov o‘ynashi kerak edi, ammo u kutilmaganda kasal bo‘lib qoladi. Keyin Jigarxanyanni filmga chaqirishadi. Aktyorning bukrisi paxta momig‘idan qilingan, bu unga xalaqit bermaydi. Aktyorni tepakal qilish uchun maxsus qoplamali parikdan foydalanishgan.

Ammo parik juda noqulay edi va doim boshidan tushib ketadi. Shu sababli ko‘plab sahnalarni qayta suratga olishga to‘g‘ri keladi.

Georgiy Millyar “Qo‘ligul Marya” filmidagi rolini professional grimsiz o‘ynagan

Georgiy Millyar o‘z faoliyati davomida ko‘plab ertak qahramonlarini ekranda jonlantirgan. Yoshligida aktyor rekvizitlar ustasi bo‘lib ishlagan, shuning uchun u har doim grim qilish masalasiga mas’uliyat bilan yondashgan. Har bir roldan oldin Millyar grimyorlarga oson bo‘lishi uchun qoshi va sochini oldirgan.

Ammo bir filmda Georgiy Fransevich deyarli professional grimsiz ishlashiga to‘g‘ri keladi. “Qo‘ligul Marya”dagi Kvakki roli uchun uning boshiga “zelyonka” surtib tashlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »