Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Intensiv mashg‘ulotlar, vazn yo‘qotish va vazn ortishi aktyorlar rollari ishonarli chiqishi uchun majbur bo‘ladigan narsalardan faqat bir nechtasi xolos. Kino yulduzlari o‘z rollariga qanday tayyorgarlik ko‘rganligi haqidagi quyida berilgan faktlar aksar aktyorlar qizil gilamga chiqish uchun ko‘p mehnat qilishlari kerakligini isbotlaydi.

Gvendolin Kristi

Gvendolin Brienning rolini olishga shunchalik ishtiyoqmand ediki, 6 hafta davomida bor kuchini kastingga tayyorlanish uchun sarflaydi. U kikboksing, yoga bilan shug‘ullanadi, hatto diyetasini qayta ko‘rib chiqadi va 9,5 kiloga ozadi. Nihoyat u rolga tasdiqlangach, mashg‘ulotlar yanada qiyinlashadi.

Biroq aktrisa uchun eng og‘iri uzun sochlaridan ajralishi edi. U o‘zini birinchi marta kalta sochda ko‘rganida, yig‘lab yuboradi va 2 soatgacha tinchlana olmaydi.

Sharliz Teron

“Talli” (2018) filmidagi uch farzandning onasi roli uchun Sharliz Teron 22 kilogrammga semirgan. Bu aktrisaning nozik figurasi buzilishining birinchisi emas — “Maxluq” (2003) dramasida u 14 kg vazn orttirgan.

Ammo bu safar Sharliz noxush oqibatlarga duch keladi. Birinchidan, ratsiondagi ko‘p miqdordagi zararli oziq-ovqat va shakar tufayli aktrisa hayotida birinchi marta tushkunlikka tushib qoladi. Ikkinchidan, 42 yoshida vazn yo‘qotish 27 yoshidagidek oson emasligi ma’lum bo‘ladi. U yaxshi uxlolmaydi, o‘zini yomon qiladi va zo‘rg‘a yurardi. Natijada oldingi qomatiga qaytishi uchun 1,5 yil o‘z ustida ishlash va sog‘lom ovqatlanishi kerak bo‘ladi.

Reychel Makadams

Reychel rejissyor Terrens Malik bilan ishlashni shunchalik orzu qilardiki, unga ot yungiga allergiyasi borligini va otlardan qo‘rqishini aytmaydi. U hayvonlar bilan suratga tushishda muammo bo‘lmaydimi, deb so‘raganida, aktrisa ularni yaxshi ko‘rishini aytadi. Oqibatda “Mo‘jiza tomon” (2012) filmini suratga olish paytida allergiyadan ko‘zlari shishib ketadi va deyarli hech narsani ko‘rmaydi.

Adrien Broudi

“Pianinochi” filmini suratga olish uchun Adrian hayotning odatiy quvonchlaridan vaqtincha voz kechishga qaror qiladi: u sevgilisi bilan ajrashadi, kvartirasidan chiqib ketadi, mashinasini sotadi va telefonlarini o‘chirib qo‘yadi.

Bastakor Vladislav Shpilman obraziga yaxshiroq ko‘nikish uchun Broudi kuniga 4 soat pianino chalar, och qolib o‘zini qiynardi. Shundoq ham ozg‘in aktyor yana 14 kg vazn yo‘qotadi.

Nikol Kidman

Nikol “Mulen Ruj!” filmida ajoyib ko'rinishni shunchalik xohlaydiki, korsetni iloji boricha qattiqroq bog‘laydi. U belini 46 santimetrgacha tortmoqchi edi — xuddi “Shamollarda qolgan hislarim” filmidagi Vivyen Li kabi. Bir kuni aktrisaning “Qattiqroq, undan ham qattiqroq tortinglar!” degan talabidan so‘ng kastyumerlar korsetni shunchalik qattiq tortadilarki, Nikolning qovurg'asi sinib ketadi.

Demi Mur

“Askar Jeyn”dagi roli uchun 35 yoshli uch farzandning onasi hatto professionallar ham orzu qilmagan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan o‘tgan. Gap shundaki, haqiqiy kursantlarga 17 hafta o‘tiladigan intensiv mashg‘ulotlar aktrisa va uning 40 nafar hamkasbi uchun 2 haftada o‘rgatilgan.

Birinchi kuni aktrisaning ko‘ngli ayniydi, oyoqlarida pufakchalar paydo bo‘ladi. Garchi unga yigitlar bilan teng ravishda mashq qilish kerak emasligi aytilgan bo‘lsa-da, u barcha sinovlarni oxirigacha topshirishga qaror qiladi. Yakunda esa Demi Mur sochini kalga olish orqali Jordan O‘Nilga aylanadi.

Natali Portman

“Qora oqqush” filmidagi roli uchun aktrisa har kuni bir necha soat balet bilan shug‘ullangan va bir necha kilometr suzgan. U, shuningdek, kross-treningga ham qatnashgan — mushaklariga ishlaydigan mashqlar.

Aktrisa ballerina qomatiga ega bo‘lib, 9 kilo vazn yo‘qotgan bo‘lsa-da, unda qadoqlar paydo bo‘ladi, oyoq tirnoqlari, hatto qovurg‘asini ham sindirib oladi.

Jeyk Jillenxol

Sujetga ko‘ra “Everest” kartinasidagi voqealar dengiz sathidan 8,5 km balandlikda sodir bo‘lib, u yerda odamlar kislorod yetishmasligini boshdan kechiradi. Bu qanday ekanligini tushunish uchun Jeyk Jillenxol hamkasbi aktyor Josh Brolin bilan simulyatorda shunga o‘xshash sharoitni sinab ko‘rishga qaror qiladi.

Ular 8 dan 10 km gacha balandlikda bo‘lib, simulyatorda zarur bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq qolishga qaror qilishadi, chunki ularga ekstremallik yoqardi. Ammo 3 kun o‘tgach, aktyorlar qattiq depressiyaga tushib qoladi.

Metyu Makkonaxi

“Dallas xaridorlar klubi” filmidagi roli sabab 22 kg vazn yo‘qotish uchun aktyor diyetolog xizmatidan foydalangan. U Makkonaxini eng sog‘lom yo‘l bilan kerakli vaznga keltirishga harakat qiladi.

Metyu gazak o‘rniga muz bo‘laklarini yeydi. Vazn yo‘qotgach esa o‘zini har qachongidan ham baquvvatroq his qiladi va hatto odatdagidan 3 soat kam uxlaydi.

Jennifer Eniston

“Tort” (2014) filmida Jennifer kasalmand ayol rolini o‘ynaydi. Surunkali og‘riq sindromi bo‘lgan bir necha do‘stlari uning xarakterini tushunishga yordam berishadi. Aktrisa yelkalari qimirlamaydigan korset kiygan, bu uni tekis yurishga majbur qilgan. Korsetni 5 hafta muntazam kiyishdan so‘ng, uning o‘zi og‘riqni boshdan kechira boshlaydi.

Ammo bir necha kiloga semirish zarurati aktrisani umuman tashvishga solmagan. U faqat bir necha oy mashg‘ulotlardan voz kechib, diyetaga qat'iy rioya qilishni to‘xtatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »